Cristiano Ronaldo
|
Ronaldu 2026-yil Portugaliya jamoasida | |||
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Cristiano Ronaldo dos Santos Aveiro | ||
| Tavallud sanasi | 1985-yil 5-fevral | ||
| Tavallud joyi | Funshal, Madeira, Portugaliya | ||
| Boʻyi | 1.87 m[note 1] | ||
| Ampluasi | Hujumchi | ||
| Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Al Nassr | ||
| Raqami | 7 | ||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
| 1992—1995 | Andorinha | ||
| 1995—1997 | Nacional | ||
| 1997—2002 | Sporting CP | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 2002—2003 | Sporting CP B | 2 | (0) |
| 2002—2003 | Sporting CP | 25 | (3) |
| 2003—2009 | Manchester United | 196 | (84) |
| 2009—2018 | Real Madrid | 292 | (311) |
| 2018—2021 | Juventus | 98 | (81) |
| 2021—2022 | Manchester United | 40 | (19) |
| 2023— | Al Nassr | 107 | (102) |
| Milliy terma jamoa | |||
| 2001 | Portugaliya U15 | 9 | (7) |
| 2001—2002 | Portugaliya U17 | 7 | (5) |
| 2003 | Portugaliya U20 | 5 | (1) |
| 2002—2003 | Portugaliya U21 | 10 | (3) |
| 2004 | Portugaliya U23 | 3 | (2) |
| 2003— | Portugaliya | 232 | (146) |
|
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2026-yil 21-may uchun) | |||
Cristiano Ronaldo dos Santos Aveiro (talaffuzi: Krishtianu Ronaldu dush Santush Aveyru) — 1985-yilning 5-fevralida tugʻilgan, Al-Nassr FK futbol klubi va Portugaliya milliy futbol jamoasi uchun oʻynaydigan professional futbolchi. Futbol tarixidagi eng qimmat futbolchilardan biri. Uning Manchester United futbol klubidan Real Madrid CFga oʻtishi 83 million funt sterlingga tushgan.
2011-yilda Ronaldo Real Madrid tarkibida mavsumni 53 ta gol bilan yakunlab, klub tarixidagi bir mavsumda eng koʻp gol urgan futbolchi boʻldi. Oltin butsa yutib, ikki turli chempionatda bu mukofotni qoʻlga kiritgan birinchi sportchi boʻldi.
Tarjimai holi
Cristiano Ronaldo Potugaliyaning Madeyra, Funshal shahrida tugʻilgan. Onasi — Maria Dolores dos Santos Aveiro, otasi — José Dinis Aveiro. Ota-onasi uning ismini AQSH prezidenti Ronald Reagan sharafiga qoʻyganlar, chunki u otasining eng sevimli aktyori boʻlgan[8].
Dastlabki karyerasi
U uch yoshidan futbol oʻynaydi va olti yoshida boshlangʻich maktabga chiqqanida uning sportga boʻlgan muhabbati yaqqol koʻrina boshlanadi. Uning sevimli oʻsmirlar jamoasi Benfika klubi boʻlgan, lekin shunga qaramay keyinroq ularning raqibi Sportingga qoʻshiladi. 8 yoshida u otasi murabbiy boʻlgan Andorinha jamoasi uchun toʻp suradi, 1995-yili, atigi oʻn yoshida Cristianu Ronaldoning shuhrati butun Portugaliya boʻylab tarqaladi. Madeyraning ikki yetakchi jamoalari, Marítimo va Nacional u bilan shartnoma tuzishga qiziqib qoladilar. Kattaroq jamoa boʻlgan Maritimo, Andorinhaning menejeri Rui Santos bilan hal qiluvchi uchrashuvni qoʻldan boy beradi va natijada Ronaldo Nacionalga qoʻshiladi. Nacionaldagi yutuqlaridan soʻng Ronaldo Lissabonga otlanib uch kun vaqtinchalik Sportingda oʻynaydi va natijada Sportingda qoladi[9].
Sporting
Ronaldo Sportingning Alcochete „futbol fabrikasi“da tayyorgarlik oʻtaydigan boshqa yosh oʻyinchilariga qoʻshiladi. Bu yerda u yuqori malakali maktabni oʻtaydi. Ronaldo oʻz debyutini Lissabon Sportingi uchun Moreirensega qarshi oʻyinida 2 gol urib boshlaydi. Shu jumladan u Portugaliya tarkibida UEFAning U-17 chempionatida toʻp suradi.
Uning UEFA U-17 chempionatlarida koʻrsatgan oʻyinlari dunyo futbolining nazarini tortadi. 16 yoshida u bilan Liverpul FKning menejeri Gérard Houllier qiziqib qoladi. Ammo, keyinchalik Liverpul uni rad etadi, chunki Ronaldo juda ham yosh edi va uning yetakchi futbolchi sifatida namoyon boʻlishi uchun koʻp vaqt talab qilinardi. Aynan shu paytda, 2003-yil yozida, Lissabondagi Alvalade XXI stadionining ochilish marosimi, Sporting Manchester Unitedni 3-1 hisobi bilan yutganida esa Ronaldo Ser Alex Fergusonning diqqatini tortadi. Ronaldo ikkala qanotda oʻynay olish qobiliyatini namoyish etadi. Matchdan soʻng Unitedning oʻyinchilari katta qiziqish bilan yosh isteʼdod haqida gapiradilar va kelajakda u bilan oʻz jamoalarida oʻynashni xohlashayotganini bildiradilar.
Manchester United

