David Beckham
|
| |||
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | David Robert Joseph Beckham | ||
| Tavallud sanasi | 1975-yil 2-may | ||
| Tavallud joyi | Leytonstone, London, Angliya | ||
| Boʻyi | 6 ft 0 in (1.83 m)[1][2][3] | ||
| Ampluasi | Yarim himoyachi | ||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
| Ridgeway Rovers | |||
| 1987—1991 | Tottenham Hotspur | ||
| 1989—1991 | → Brimsdown Rovers | ||
| 1991—1994 | Manchester United | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 1992—2003 | Manchester United | 265 | (62) |
| 1995 | → Preston North End | 5 | (2) |
| 2003—2007 | Real Madrid | 116 | (13) |
| 2007—2012 | LA Galaxy | 98 | (18) |
| 2009 | → AC Milan | 18 | (2) |
| 2010 | → AC Milan | 11 | (0) |
| 2013 | Paris Saint-Germain | 10 | (0) |
| Total | 523 | (97) | |
| Milliy terma jamoa | |||
| 1992—1993 | Angliya U18 | 3 | (0) |
| 1994—1996 | Angliya U21 | 9 | (0) |
| 1996—2009 | Angliya | 115 | (17) |
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) | |||
Ser David Robert Joseph Beckham (talaffuzi: Devid Robert Jozef Bekham, 1975-yil 2-may Angliyaning London shahrida tugʻilgan) — Britaniyalik sobiq professional futbolchi. 100 buyuk britaniyaliklar va dunyoning 100 ta eng nufuzli shaxslaridan biri. Britaniya imperiyasi ordeni sohibi. Jahon futboli tarixidagi eng mashhur shaxslardan biri. Inter Mayami Cf futbol klubining egasi va prezidenti. Salford Sity klubinig rahbari.
Devid Bekhem futbolchilik faoliyatida bir qator klublarni himoya qilgan bulardan „Manchester Yunayted“, „Preston Nort End“, „Real Madrid“ va „AC Milan“, u yana Angliya terma jamoasini ham himoya qilgan. U 2011-yilda dunyo boʻyicha eng koʻp haq toʻlanadigan futbolchi deb tan olingan.
Bekham futbolchilik karyerasida „Manchester Yunayted“ klubi bilan professional shartnomani imzolaydi va uning birinchi debyut oʻyini 1992 yil 17 yoshga toʻlganda boʻladi. Bekham „Manchester Yunayted“ tarkibida Premer-liga kubogini 6 marta, Angliya kubogini 2 marta va Chempionlar ligasini 1 marta sovrinlarini qoʻlga kiritadi. Bekhem 2003-yilda „Real Madrid“ klubiga oʻtadi, u bu klubda 4 yil harakat qiladi va 4-yili Ispaniya chempionati kubogini qoʻlga kiritdi. 2007-yilning yanvar oyida Bekhem AQSHning „Los-Angeles Glaksi“ klubi bilan summasi 32,5 mln dollar boʻlgan 5 yillik shartnomani imzolaydi. Bakhem 2009-2010 yillar orasida Italiyaning „Milan“ klubida ijara shartnomasi asosida harakat qildi.
Shaxsi hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bekhem Spice Girls vokalisti Viktoriya Beckamga (Adams) uylangan va ularning Bruklin Jozef, Romeo Jeyms, Kruz Devid ismli oʻg'li va Harper Seven ismli qizi bor.
Ordenlar va maxsus mukofotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Qirolicha Yelizaveta II tomonidan Britaniya imperiyasi ordeni OBE xodimi. 2003-yil.
- Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg'armasi ( YuNISEF ) Yaxshi niyatli elchisi (2005-yildan hozirgacha)
- 100 ta eng buyuk britaniyaliklardan biri
- Dunyoning eng Mashhur 100 kishisi, 15-raqam. Forbes, 2007-yil
- Buyuk Britaniyada 40 yoshgacha boʻlgan eng nufuzli erkaklar ro'yxatidagi birinchi raqam - Arena, 2007
- Time 100. 2008-yil.
- To'rt mamlakat (Angliya, Ispaniya, AQSh, Fransiya) ligasida g'olib chiqqan birinchi ingliz.
- Uchta Jahon chempionatida gol urgan birinchi Angliya futbolchisi
- UEFA Chempionlar Ligasining 100 ta o'yinini o'tkazgan birinchi britaniyalik futbolchi .
- Yettita Premer ligada 265 o'yin, 80 asistent.
- Angliya terma jamoasi sardori sifatida eng koʻp o'yinlar soni bo'yicha to'rtinchi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „David Beckham“. PSG.fr. Paris Saint-Germain FC. 2013-yil 23-aprelda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „David Beckham: Overview“. Premier League. 2018-yil 15-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 16-iyul.
- ↑ „David Beckham“. MLSsoccer.com. Major League Soccer. 2022-yil 16-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 16-iyul.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Vikiomborda „David Beckham“ mavzusi boʻyicha mediafayllar bor. |
| Vikiiqtibosda David Beckhamga tegishli iqtiboslar mavjud. |
