FC Goa
| Fayl:FC Goa logo.svg | ||||
| Toʻliq nomi | Goa futbol klubi | |||
|---|---|---|---|---|
| Laqabi | Gaurlar[1] | |||
| Qisqa nomi | Goa | |||
| Asos solingan | 26-avgust, 2014-yil | |||
| Fatorda stadioni | ||||
| Sigʻimi | 19,000[2] | |||
| Egasi | Goan Football Club Pvt. Ltd.[3] | |||
| Prezident | Akshay Tandon | |||
| Bosh murabbiy | Gouramangi Singh | |||
| Vebsayti | Klub sayti | |||
|
| ||||
Goa futbol klubi (inglizcha: Football Club Goa) — Hindistonning Goa shtati sharafini himoya qiluvchi hamda Hindiston Superligasida ishtirok etuvchi futbol klubi. 2014-yilda tashkil etilgan[4][5]. Uy uchrashuvlarini 19 088 tomoshabinga moʻljallangan „Fatorda“ stadionida oʻtkazadi[6]. „Goa“ — Hindiston Superligasi klublari orasida AFC Chempionlar ligasida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritgan ilk jamoa hisoblanadi.
Braziliyalik murabbiy Zico klubning birinchi bosh murabbiyi boʻlgan. Dastlabki ikki mavsumda ularning asosiy oʻyinchilari mos ravishda fransuz qanot himoyachisi Robert Pires va braziliyalik himoyachi Lúcio edi. Jamoa birinchi mavsumda liga bosqichini ikkinchi oʻrinda yakunlagan. Mavsum oxiridagi pley-offda ular yarim finalda golsiz durangdan soʻng „Atletiko de Kolkata“ga qarshi penaltilar seriyasida magʻlub boʻlishdi. Keyingi yili jamoa liga bosqichida birinchi oʻrinni egallagan, keyin final oʻyinida oʻz maydonida Chennaiyin jamoasiga 3:2 hisobida magʻlub boʻlgan.
2018–19-yilgi mavsumda jamoa ligada ikkinchi bor finalga chiqqan va u yerda Bengaluruga 1:0 hisobida magʻlub boʻlgan. Oʻsha mavsumda klub 2019-yilgi Hindiston Superkubogida Chennaiyin FCni 2:1 hisobida magʻlub etib, birinchi milliy kubokni qoʻlga kiritgan. 2019–20-yilgi mavsumda „Goa“ birinchi ISL League Winners Shield musobaqasida gʻolib chiqib, AFC Chempionlar ligasi guruh bosqichiga yoʻllanma olgan.
Stadioni
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Margaodagi koʻproq „Fatorda“ nomi bilan tanilgan Pandit Javoharlal Neru stadioni „Goa“ning uy stadioni hisoblanadi[7]. Ushbu oʻyingoh koʻplab xalqaro uchrashuvlarga, jumladan, Hindiston milliy terma jamoasining FIFA Jahon chempionati va AFC Osiyo kubogi saralash oʻyinlariga mezbonlik qilgan[8]. Shuningdek, u 2017-yilda Hindistonda boʻlib oʻtgan 17 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi FIFA Jahon chempionatiga mezbonlik qilgan oltita maydondan biri boʻlgan.
Stadion 1989-yilda ochilgan. 2014-yilda oʻsha yilgi Lusofoniya oʻyinlarini oʻtkazish maqsadida FIFAning soʻnggi talablariga muvofiq taʼmirlangan va zamonaviylashtirilgan. Arena 20 000 tomoshabinga moʻljallangan. Tomoshabinlar oʻrindiqlarini 100 foiz yopib turuvchi tomga ega stadion majmuasi VIP hudud hamda muxlislar uchun ikki qavatli tribunani oʻz ichiga oladi[9].
Futbolchilar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Birinchi jamoa tarkibi
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 2026-yil 5-sentyabr[10]
Eslatma: Bayroqlar FIFA muvofiqlik qoidalariga koʻra belgilangan milliy terma jamoalarni ifodalaydi. Oʻyinchilar FIFAga aʼzo boʻlmagan bir nechta fuqarolikka ega boʻlishlari mumkin.
|
|
Ijaraga berilgan futbolchilar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Eslatma: Bayroqlar FIFA muvofiqlik qoidalariga koʻra belgilangan milliy terma jamoalarni ifodalaydi. Oʻyinchilar FIFAga aʼzo boʻlmagan bir nechta fuqarolikka ega boʻlishlari mumkin.
|
Xodimlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Joriy texnik xodimlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Role | Name | Refs. |
|---|---|---|
| Bosh murabbiy | [11] | |
| Yordamchi murabbiy | ||
| Darvozabonlar murabbiyi | ||
| Kuch va jismoniy tayyorgarlik murabbiyi | ||
| Samaradorlikni tahlil qilish boʻlimi boshligʻi |
Rahbariyat
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Position | Name |
|---|---|
| Bosh direktor | |
| Texnik ishlar boshligʻi | |
| Texnik direktor | |
| Jamoa menejeri | |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ FC Goa team profile (Wayback Machine saytida 2 July 2021 sanasida arxivlangan) Khel Now. Retrieved 14 July 2021
- ↑ „FC Goa Home Ground Venue – Indian Super League“. 2021-yil 28-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 7-may.
- ↑ „About Us: FC Goa“. fcgoa.in. 2020-yil 1-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 8-iyun.
- ↑ „About FC Goa | Goan Football Club Pvt. Ltd.“ (en). fcgoa.in. 2020-yil 1-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 20-iyul.
- ↑ Schöggl, Hans „India - List of Foundation Dates“. RSSSF. 2021-yil 23-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 17-avgust.
- ↑ „FC Goa hammer Jamshedpur FC, finish on top of Indian Super League table | Goal.com“. www.goal.com. 2021-yil 17-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 19-fevral.
- ↑ „FC Goa beat Vasco Sports Club 1-0“. indiansuperleague.com. Indian Super League (2014-yil 9-oktyabr). 2021-yil 26-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 23-fevral.
- ↑ „2010 FIFA World Cup Asia Group Playoffs Match Report“. FIFA. 2015-yil 1-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 10-yanvar.
- ↑ „Indian Super League Stadiums - A Walkthrough (Part-2) > Fatorda Stadium & JL Nehru Stadium, Kochi | Indian Super League Football“. 2014-yil 11-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 7-oktyabr.
- ↑ „Squad“. Indian Super League. 2020-yil 28-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 28-oktyabr.
- ↑ „FC Goa show faith in Gouramangi, club’s first Indian coach“. The Times of India (2026-yil 5-iyul). Qaraldi: 2026-yil 5-iyul.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Vikiomborda „FC Goa“ mavzusi boʻyicha mediafayllar bor. |
- Rasmiy sayti
- FC Goa (Wayback Machine saytida 24 September 2014 sanasida arxivlangan) at ISL