Kontent qismiga oʻtish

Gabriel Torres

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Gabriel Arturo Torres Tejada (talaffuzi: Gabriel Artur Tores Tejada; 1988-yil 30-oktyabrda Panamada tugʻilgan) — panamalik futbolchi, „UNAM Pumas“ futbol klubida va Panama terma jamoasida hujumchi sifatida oʻynaydi. 2018-yilgi jahon chempionati ishtirokchisi.

Gabriel Torres
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Gabriel Arturo Torres Tejada
Tavallud sanasi 1988-yil 31-oktyabr (1988-10-31) (38 yosh)
Tavallud joyi Panama
Boʻyi 1.80 m
Ampluasi hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Deportes Antofagasta
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2003—2009 Chepo 94 (31)
2005—2006 → San Francisco (ijara) 35 (10)
2008 → La Equidad (ijara) 25 (6)
2009 → América de Cali (ijara) 1 (0)
2009 → La Equidad (ijara) 1 (0)
2010 → Atlético Huila 6 (0)
2011 San Francisco 33 (7)
2011—2013 Zamora 68 (32)
2013—2015 Colorado Rapids 56 (10)
2013—2014 Colorado Rapids 2 2 (2)
Milliy terma jamoa‡
Panama U17
Panama U20
2005— Panama 103 (24)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(7-iyun uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2022-yil 9-iyun uchun)

Klublardagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gabriel Torres oʻz faoliyatini „Chepo“ futbol klubida boshlagan, u klub bilan debyut mavsumida Rommel Fernandes kubogini qoʻlga kiritgan va 18 ta gol bilan turnirning eng yaxshi toʻpurariga aylangan. 2005-yilda u „San Francisco“ futbol klubiga ijaraga oʻtgan va u yerda Panama chempionligini qoʻlga kiritgan. 2007-yilda Gabriel Torres Ispaniyaning „Valencia“ va Angliyaning „Manchester United“ futbol klublarini koʻrgani borgan. Oʻsha yili u Kolumbiyaning „La Equidad“ futbol klubiga oʻtgan va u bilan Kolumbiya kubogini qoʻlga kiritgan. „Chepo“ futbol klubiga qaytgandan soʻng Gabriel Torres yana ikki marta „Atlético Huila“ futbol klubiga va „Cali“ futbol klubidan „América“ futbol klubiga ijaraga berilgan.

2011-yilda Gabriel Torres Venesuelaning „Zamora“ futbol klubiga oʻtgan[1]. 14-avgust kuni „Tucanes“ futbol klubiga qarshi bahsda u Venesuela premyer ligasida debyut qilgan[2].

2016-yil boshida Gabriel Torres „Zamora“ futbol klubiga qaytgan va chempionatning eng yaxshi toʻpurari boʻlgan[3].

Xalqaro faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2005-yil 8-oktyabrda Gabriel Torres Panama terma jamoasi safida Trinidad va Tobagoga qarshi 2006-yilgi Jahon chempionati saralash oʻyinida debyut qilgan[4]. 2006-yil 6-sentyabrda Gvatemalaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida u terma jamoadagi birinchi golini kiritgan. 2011-yilda Gabriel Torres CONCACAF otin kubogida ishtirok etgan. Turnirda u ikki marta AQSh jamoasiga qarshi oʻynagan[5][6].

2013-yilda Gabriel Torres ikkinchi marta CONCACAF oltin kubogida ishtirok etgan[7][8]. Turnirda Gabriel Torres terma jamoaning finalga chiqishiga yordam bergan va Meksika, Martinik va Kuba jamoalari darvozasiga 5 ta gol urib, turnirning eng yaxshi toʻpurari boʻlgan[9].

2015-yilda Gabriel Torres CONCACAF oltin kubogining bronza medali sohibiga aylangan[10][11]. Turnirda Gabriel Torres Gonduras va Trinidad va Tobago terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushgan.

2016-yilda Gabriel Torres AQShda boʻlib oʻtadigan Amerika kubogi uchun milliy terma jamoaning daʼvogariga nomzod boʻlgan edi[12]. Turnirda u Chili va Boliviya jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushgan[13].

2017-yilda Gabriel Torres CONCACAF oltin kubogida toʻrtinchi bor ishtirok etgan[14][15]. Turnirda u AQSh, Martinika, Nikaragua va Kosta-Rika jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[16]. Nikaragualiklar va martiniklarga qarshi kechgan bahsda Gabriel Torres gol urgan[17].

2018-yilda Gabriel Torres Rossiyada boʻlib oʻtgan jahon chempionatida ishtirok etgan[18][19]. Turnirda u Belgiya va Tunis jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushgan[20].

2019-yilda Gabriel Torres CONCACAF oltin kubogi uchun Panama terma jamoasiga kiritilgan[21]. Guruh bosqichidagi ikkinchi oʻyinda Gayana terma jamoasiga qarshi oʻyinda u 86-daqiqada gol urgan va jamoa 4:2 hisobida gʻalaba qozongan.

Jamoa Mavsum Liga Milliy kubok Xalqaro kubok Jami
Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Chepo
Panama bayrogʻi Panama
2003—2004 ——— ??
2004—2005 ——— ??
Jami
San Francisco
Panama bayrogʻi Panama
2005—2006 ——— ??
2006—2007 ——— ??
La Equidad
Kolumbiya bayrogʻi Kolumbiya
2008 266——266
Jami2660000266
América de Cali
Kolumbiya bayrogʻi Kolumbiya
2009 10—1020
Jami10001020
Atlético Huila
Kolumbiya bayrogʻi Kolumbiya
2010 60——60
Jami60000060
San Francisco
Panama bayrogʻi Panama
2010—2011 337—61398
Jami3370061398
Zamora FC
Venesuela bayrogʻi Venesuela
2011—2012 3310—203510
2012—2013 3522——3522
Colorado Rapids
AQSH bayrogʻi AQSH
2013 8311—94
2014 23311—244
2015 254——254
Jami561022005812
Zamora FC
Venesuela bayrogʻi Venesuela
2016 2322——2322
Jami915400209354
Lausana-Sport
2016—2017 30810—318
2017 12020—140
Jami4283000458
Huachipato
2018 3015——3015
Jami301500003015
Universidad de Chile
2019 121—20141
Jami1210020141
Independiente del Valle
Ekvador bayrogʻi Ekvador
2019 133—72205
2020 2216—642820
Jami3519001364825
Pumas de la UNAM
Meksika bayrogʻi Meksika
2021 2010000201
Jami 2010000201
LD Alajuelense
2021 930010103
Jami 930010103
Umumiy faoliyatida    35012452247373132
  1. ↑ „Gabriel Torres ya es jugador del Zamora venezolano“ (es). Critica (08 de julio de 2011). 2017-yil 23-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 7-iyul.
  2. ↑ „Туканес VS. Самора 1:3“ (en). soccerway.com (2011-yil 14-avgust). 2015-yil 11-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 17-yanvar.
  3. ↑ Alexander Da Silva. „Gabriel Torres regresa al Zamora de Venezuela“ (es). Panamá (16 ene 2016). 2016-yil 17-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 7-iyul.
  4. ↑ „Панама VS. Тринидад и Тобаго 0:1“ (en). soccerway.com (2005-yil 8-oktyabr). 2015-yil 27-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 17-yanvar.
  5. ↑ „США VS. Панама 1:2“ (en). soccerway.com (2011-yil 12-iyun). 2015-yil 18-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 17-yanvar.
  6. ↑ „США VS. Панама 1:0“ (en). soccerway.com (2011-yil 23-iyun). 2016-yil 8-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 17-yanvar.
  7. ↑ „Мексика VS. Панама 1:2“ (en). soccerway.com (2013-yil 8-iyul). 2016-yil 20-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 17-yanvar.
  8. ↑ „Панама VS. Куба 6:1“ (en). soccerway.com (2013-yil 20-iyul). 2015-yil 21-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 17-yanvar.
  9. ↑ „Панама VS. Мартиника 1:0“ (en). soccerway.com (2013-yil 12-iyul). 2015-yil 19-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 17-yanvar.
  10. ↑ „Гондурас VS. Панама 1:1“ (en). soccerway.com (2015-yil 11-iyul). 2016-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 26-iyul.
  11. ↑ „Тринидад и Тобаго VS. Панама 1:1“ (en). soccerway.com (2015-yil 19-iyul). 2017-yil 1-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 26-iyul.
  12. ↑ „Панама VS. Боливия 2:1“ (en). soccerway.com (2016-yil 7-iyun). 2016-yil 11-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 15-iyun.
  13. ↑ „Чили VS. Панама 4:2“ (en). soccerway.com (2016-yil 15-iyun). 2016-yil 16-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 15-iyun.
  14. ↑ „США VS. Панама 1:1“ (en). soccerway.com (2017-yil 8-iyul). 2017-yil 16-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 31-iyul.
  15. ↑ „Панама VS. Мартиника 3:0“ (en). soccerway.com (2017-yil 15-iyul). 2017-yil 28-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 31-iyul.
  16. ↑ „Коста-Рика VS. Панама 1:0“ (en). soccerway.com (2017-yil 20-iyul). 2017-yil 28-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 31-iyul.
  17. ↑ „США VS. Никарагуа 2:1“ (en). soccerway.com (2017-yil 13-iyul). 2017-yil 28-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 31-iyul.
  18. ↑ Adán De Gracia-Esmenjaud. „Hernán Darío Gómez da listado de 23 convocados a la Copa Mundial“ (es). FEPAFUT - Federación Panameña de Fútbol (30 de mayo de 2018). 2018-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 7-iyul.
  19. ↑ „Бельгия VS. Панама 3:0“ (en). soccerway.com (2018-yil 18-iyun). 2018-yil 7-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 7-iyul.
  20. ↑ „Панама VS. Тунис 1:2“ (en). soccerway.com (2018-yil 28-iyun). 2018-yil 7-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 7-iyul.
  21. ↑ Isaac Castillero Wilson. „Julio Dely Valdés define los convocados a Copa Oro“ (es). FEPAFUT - Federación Panameña de Fútbol (04 de junio de 2019). 2019-yil 10-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 7-iyul.