Kontent qismiga oʻtish

Halab

Halab

arabcha: حلب‎‎
shahar
36°12′00″N 37°9′00″E / 36.20000°N 37.15000°E / 36.20000; 37.15000
Mamlakat Suriya
Muhofaza Halab (muhofaza)
Ilk eslatilishi mil.av. 2500
Avvalgi nomlari Xalman, Beroyya
Maydon 190 km2 (73 kv mi)
Markazi balandligi 390 m
Rasmiy til(lar)i arab tili
Aholisi
 (2016)
1,800,000
Konfessiyaviy tarkib musulmonlar
xristianlar
Vaqt mintaqasi UTC+2, yozda UTC+3
Telefon kodi +963 21
Halab xaritada
Halab
Halab

Halab (arabcha: حَلَبُ‎‎ Ḥalab, qadimgi yunoncha: Βέροια, lotincha: Beroea, inglizcha: Aleppo) — Suriyaning eng katta shahri,[1] Halab muhofazasining markazi. Aholisi 2,301,570 kishi (2005) boʻlgan Halab Levantning eng katta shaharlaridan biridir.[2][3] Halab koʻp asrlar davomida Buyuk Suriyaning eng yirik shaharlaridan biri va Usmonli imperiyasida Konstantinopol va Qohiradan keyin uchinchi katta shahar boʻlgan[4][5][6].

Halab dunyodagi eng qadimiy shaharlardan biridir; ayrim manbalarga qaraganda unga eramizdan avvalgi 6-ming yillikda asos solingan[7]. Halab janubidagi qazilmalar unda eramizdan avvalgi 3-ming yillikda odamlar gavjum yashaganini koʻrsatadi[8]. Halab shuningdek Mesopotamiyadan qolgan mix yozuvlarda tijoriy va harbiy rivojlangan shahar deya eslatiladi[9]. Uning bu qadar uzoq tarixi ehtimol shahar Oʻrta Yer dengizi va Mesopotamiya orasidagi strategik savdo yoʻlida joylashgani tufaylidir.

Halabning tarixiy ahamiyati uning Oʻrta Osiyo va Mesopotamiyadan oʻtgan Buyuk ipak yoʻlida joylashganidadir. 1869-yili Suez kanali ishga tushirilgach, savdo yoʻli dengizga koʻchib, Halab taraqqiyoti asta-sekin pasaya boshladi. Birinchi jahon urushidan keyin, Usmonli imperiyasi tanazzuli paytida Halabning shimoliy qismi Mosulgacha temir yoʻl bilan birga zamonaviy Turkiyaga ajratildi. 1940-yillarda u Antokiya va Iskandarun shaharchalarini yana Turkiyaga berib, dengizga chiqish yoʻlini yoʻqotdi. Suriyaning keyingi muhosarasi shahar ahvolini yanada ogʻirlashtirdi. Biroq bu uning qadimiy meʼmorchiligi va anʼanalarini saqlab qolishga yordam bergan boʻlishi ham mumkin. Zamonaviy Halabda turizm rivoj topmoqda, qurilish ishlari ham jadallashgan. 2006-yili u „Islomiy madaniyat poytaxti“ unvoniga sazovor boʻldi.

Etimologiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Halabning qadimgi nomi Xalpe yoki Xalibon boʻlgan[10], yunonlar bilan rimliklar esa uni Vériya (Βέροια) deb nomlagan. Krest harbiy yurishlari, keyingi fransuz hukmdori vaqtida Halab shahrini italyan tilida Aleppo deb atagan. Aleppo soʻzining qanday maʼnoda aytilgani toʻgʻrisida aniq maʼlumot yoʻq. Ayrim olimlarning fikricha „Halab“ soʻzi „temir“ yoki „mis“ degan maʼnoni anglatadi, shaharda esa shu metallarni ishlab chiqarish qadimdan rivojlangan, shahar nomi shunga bogʻliq qoʻyilgan degan fikrlarni oʻrtaga tashlamoqda. Boshqalari esa „Xalaba“ soʻzi aramey tilida „oq“ degan maʼnoni bildiradi, bu davlat oq rangli marmarlarning koʻpligi bilan olamga mashhur boʻlgan, shahar nomi shunga bogʻliq boʻlsa kerak degan fikrlarni aytmoqdalar. Yana bir taxminan fikr Halab soʻzining etimologiyasiga etaklaydi. Halab soʻzi „yangi sogʻilgan sut“ degan maʼnoni anglatadi. Qadimgi zamonda Ibrohim paygʻambar yoʻlovchilarga sut berar ekan[11]. Odamlar „Halab Ibrohim“, yaʼni „Ibrohim (Avraam) sigir sogʻdimi?“ deb soʻraydigan boʻlibdi. Uning sigirining rangi esa sargʻich-oqchil (arab. shaheb) boʻlgan, shu sababli shahar „Xaleb ash-Shaxba“ deb atalgan[12].

Halab — jahondagi eng qadimgi shaharlarning biri boʻlib hisoblanadi, shaharning poydevori mil.av. VI ming yillikda qalana boshlagan[13]. Shaharning janubida joylashgan Tall as-Savdo va Tall al-Ansari qirliklaridagi tarixiy qazma ishlari mil.av. 3 ming yillikning yarmida insoniyatning shu atrofda istiqomat qilganini koʻrsatadi[14]. Xett, Mari va Yevfrat yozmalarida, markaziy Anatoliya, Ebla shahrida topilgan qazma yodgorliklarda Halabning katta savdo markazi boʻlganligi va unda harbiy mashgʻulotning yaxshi rivojlanganligi yozilgan.[15]

Tarixiy yozmalarda Halabning Damashq shahridan avval paydo boʻlib, ilk bor mil.av. 3 asrda Ebla qirolligining poytaxti boʻlganligi aytiladi. Shahar Eblada Armi va Arman degan nom bilan mashhur boʻlgan. Akkad qirolligida shaharni Arman deb nomlagan. Akkadning qiroli Naram-Sin (yoki uning otasi) qadimgi Ebla va Armanni mil.av. XXIII asrda ishgʻol qilgan.[16][17]

Keyin vavilon zamonida Aleppo Halab (Xalba) degan nom bilan ilk bor uchraydi.[17] Shahar Amorei qirolligining yoki Yamxadning markazi boʻlgan. Yamxad qirolligi (arab. يمحاض) (Mil.av. 1800—1600-y.y.) shuningdek „Halab eri“ degan nom bilan ham mashhur boʻlgan.[18]

Yamxadni xettamlik Mursili I mil.av. XVI asrda xonavayron qildi. Keyinchalik, Halab qayta chiroy ochib, Suriya tarixida oʻz oʻrniga munosib shahar boʻldi.[17]

Xett qirolligi mil.av. XII asrda tashkil topgan vaqtda Halab aramiylik Arpad Siro-xettik qirolligining tarkibida, keyinchalik Aramiy Siro-xettik qirolligining Xatarikka-Luxutining pytaxti boʻldi. IX asrda Halab Yangiassuriyaning, keyinchalik Axmeniytar imperiyasining tarkibida boʻldi.