Stromboli
Qiyofa
Stromboli — Tirren dengizidagi soʻnmagan vulqon, Lipari arxipelagida, Italiya hududi. Dengiz sathidan balandligi 926 m (dengiz tubidan 2700 m). Krateri 700 m balandlikda. Muntazam ravishda vulqon bombalari va gaz otilib turadi. Krateridan chiqayotgan gazlar lavaning taftidan yorishib kechasi uzoqdan yaqqol koʻrinadi. Shu sababli uni Oʻrta dengizdagi mayoq deb ataydilar. Vulqon otilishi tiplaridan biri ham Stromboli deb ataladi.

| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |