Luís Figo
|
| |||
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Luís Filipe Madeira Caeiro Figo[1] | ||
| Tavallud sanasi | 1972-yil 4-noyabr | ||
| Tavallud joyi | Almada, Madeyra, Portugaliya | ||
| Boʻyi | 180 sm[2] | ||
| Ampluasi | Vinger | ||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
| 1984—1985 | Os Pastilhas | ||
| 1985—1989 | Sporting CP | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 1989—1995 | Sporting CP | 129 | (16) |
| 1995—2000 | Barcelona | 172 | (30) |
| 2000—2005 | Real Madrid | 164 | (38) |
| 2005—2009 | Inter Milan | 105 | (9) |
| Total | 570 | (93) | |
| Milliy terma jamoa | |||
| 1991—2006 | Portugaliya | 127 | (32) |
Medallar | |||
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) | |||
Luís Filipe Madeira Caeiro Figo (1972-yil 4-noyabrda tugʻilgan) — portugaliyalik sobiq professional futbolchi, „Sporting CP“, „Barcelona“, „Real Madrid“ va „Inter Milan“ klublarida vinger sifatida toʻp surgan. Figo Portugaliya terma jamoasi safida 127 marta maydonga tushgan va bu oʻz vaqtida rekord natija boʻlgan. Figo oʻz avlodining eng yaxshi oʻyinchilaridan biri va sport tarixidagi eng buyuk vingerlardan biri sifatida keng eʼtirof etiladi. U UEFA Chempionlar Ligasida barcha vaqtlardagi portugaliyalik eng yaxshi golli uzatma mualliflari oʻrtasida ikkinchi oʻrinda turadi (15)[3].
Figo 2000-yilda „Oltin toʻp“ni qoʻlga kiritgan, 2001-yilda FIFA tomonidan „Yilning eng yaxshi futbolchisi“ deb topilgan va 2004-yilda Pele uni dunyodagi eng buyuk tirik futbolchilarning „FIFA 100“ roʻyxatiga kiritgan[4]. Figo Ispaniyaning azaliy raqiblari boʻlmish „Barcelona“ va „Real Madrid“ klublarida toʻp surgan sanoqli futbolchilardan biridir. Uning 2000-yilda „Barcelona“dan „Real Madrid“ klubiga oʻtishi 62 million yevroni tashkil etib, transfer qiymati boʻyicha jahon rekordini oʻrnatgan[5].
Figo oʻzining juda muvaffaqiyatli faoliyati davomida Portugaliya kubogi, toʻrtta La Liga chempionligi, ikkita Ispaniya kubogi, uchta Ispaniya Superkubogi, bitta Chempionlar ligasi chempionligi, bitta UEFA kubok egalari kubogi, ikkita UEFA Superkubogi, bitta Qitʼalararo kubok, toʻrtta A Seriya chempionligi, bitta Italiya kubogi va uchta Italiya Superkubogi kabi qator sovrinlarni qoʻlga kiritgan. Xalqaro miqyosda u Portugaliya terma jamoasi safida 32 ta gol urib, uchta Yevropa chempionati va ikkita Jahon chempionatida mamlakat sharafini himoya qilgan hamda jamoasining Yevro-2004 musobaqasida finalga chiqib, ikkinchi oʻrinni egallashiga, shuningdek, 2006-yilgi jahon chempionatida yarim finalgacha yetib borishiga yordam bergan.
Yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Sporting CP[6]
- Portugaliya kubogi: 1994–95
- Barselona[6]
- La Liga: 1997–98, 1998–99
- Qirol kubogi: 1996–97, 1997–98
- Ispaniya Superkubogi: 1996
- UEFA kubok egalari kubogi: 1996–97
- UEFA Superkubogi: 1997
- Real Madrid[6]
- La Liga: 2000–01, 2002–03
- Ispaniya Superkubogi: 2001, 2003
- UEFA Chempionlar Ligasi: 2001–02
- UEFA Superkubogi: 2002
- Qitʼalararo kubok: 2002
- Inter Milan[6]
- A Seriya: 2005–06, 2006–07, 2007–08, 2008–09
- Italiya kubogi: 2005–06
- Italiya Superkubogi: 2006, 2008
- Portugaliya yoshlar terma jamoasi[6]
- 16 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati: 1989
- FIFA yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionati: 1991
- Portugaliya[6]
- UEFA Yevropa chempionati finalchisi: 2004
Shaxsiy yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 21 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatining oltin futbolchisi: 1994
- Portugaliya oltin toʻpi: 1994
- Sporting CP yilning eng yaxshi futbolchisi: 1994
- Portugaliyada yilning eng yaxshi futbolchisi: 1995, 1996, 1997, 1998, 1999, 2000
- ESM yilning eng yaxshi jamoasi: 1997–98, 1999–00
- La Liganing eng yaxshi assistenti: 1998–99, 2000–01, 2002–03[7]
- La Ligada yilning eng yaxshi xorijlik futbolchisi: 1999, 2000, 2001
- UEFA Yevropa chempionatining eng yaxshi jamoasi: 2000, 2004[6]
- Yilning eng yaxshi futbolchisi: 2000-yil
- „Oltin toʻp“ sohibi: 2000[6]
- FIFA Jahonning eng yaxshi futbolchisi: 2001-yil;[6] kumush mukofot: 2000-yil
- El Pais Yevropa futboli qiroli: 2000-yil
- RSSSF yilning eng yaxshi futbolchisi: 2000-yil
- UEFA Chempionlar ligasining eng yaxshi assistenti: 2000-01, 2004-05[8]
- UEFA yilning eng yaxshi jamoasi: 2003[6]
- FIFA Jahon chempionatining yulduzlar jamoasi: 2006-yil
- „Inter Milan“ yilning eng yaxshi futbolchisi: 2006[9]
- FIFA 100
- Golden Foot: 2011, futbol afsonasi sifatida[10]
- IFFHS afsonalari[11]
Ordenlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „2006 FIFA World Cup Germany: List of Players: Portugal Carnac“. FIFA (2014-yil 21-mart). 2019-yil 10-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Figo Stats“. FootballDatabase.com. Qaraldi: 2006-yil 23-dekabr.
- ↑ UEFA.com „All-time Player | Most assists Stats | UEFA Champions League“ (en). UEFA.com. Qaraldi: 2025-yil 2-avgust.
- ↑ „Pele's list of the greatest“. BBC Sport (2004-yil 4-mart). Qaraldi: 2014-yil 19-iyun.
- ↑ „History of the world transfer record“ (en-GB). BBC Sport. 2016-yil 2-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 1-may.
- 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 „Luís Figo - UEFA.com“. UEFA (2011-yil 1-yanvar). Qaraldi: 2016-yil 18-fevral.
- ↑ „LaLiga EA Sports: Top assists by season“ (en). www.besoccer.com. 2023-yil 11-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 11-noyabr.
- ↑ „UEFA Champions League 2004/05 - History - Statistics – UEFA.com“. UEFA. Qaraldi: 2017-yil 25-oktyabr.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „Figo winner at San Siro Gentleman“. inter.it (2006-yil 9-may). 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 15-yanvar.
- ↑ „Legends“. Golden Foot. 2015-yil 25-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 23-sentyabr.
- ↑ „IFFHS announce the 48 football legend players“. IFFHS (2016-yil 25-yanvar). Qaraldi: 2016-yil 14-sentyabr.
- ↑ „Ordens Honoríficas Portuguesas“ [Portuguese Honorary Orders] (pt). Presidency of the Portuguese Republic. Qaraldi: 2015-yil 10-mart.
- ↑ „D. Duarte condecora selecção nacional“ (pt). Correio da Manhã (2006-yil 31-avgust). Qaraldi: 2021-yil 6-mart.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Vikiomborda „Luís Figo“ mavzusi boʻyicha mediafayllar bor. |
- Luís Figo Real Madrid saytida
- Luís Figo footballeras saytida
- Luís Figo – FIFA musobaqalaridagi natijalari (arxivlangan)
- Luís Figo Portugaliya futbol federatsiyasidagi terma jamoa profili (portugalcha)
- Luís Figo Portugaliya futbol federatsiyasi saytidagi klub profili (portugalcha)
- 4-noyabrda tugʻilganlar
- 1972-yilda tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Alifbo boʻyicha futbolchilar
- Portugaliyalik erkak futbolchilari
- Futboldagi erkak qanot yarim himoyachilari
- Sporting CP futbolchilari
- FC Barcelona futbolchilari
- Real Madrid CF futbolchilari
- Inter Milan futbolchilari
- Primeira Liga futbolchilari
- La Liga oʻyinchilari
- Serie A futbolchilari
- UEFA Chempionlar ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar
- Portugaliyalik muhojir erkak futbolchilar
- Ispaniyadagi muhojir erkak futbolchilar
- Italiyadagi muhojir erkak futbolchilar
- Portugaliya yoshlar terma jamoasi futbolchilari
- Portugaliya U21 terma jamoasi futbolchilari
- Portugaliya terma jamoasi futbolchilari
- UEFA Yevro 1996 oʻyinchilari
- UEFA Yevro 2000 oʻyinchilari
- FIFA Jahon chempionati 2002 oʻyinchilari
- UEFA Yevro 2004 oʻyinchilari
- FIFA Jahon chempionati 2006 oʻyinchilari
- FIFA erkaklar markaziy klubi
- FIFA yilning eng yaxshi futbolchisi gʻoliblari
- Oltin globus (Portugaliya) sovrindorlari
- Oltin toʻp sohiblari
- FIFA 100
